Gulnora Karimovaning sobiq eri: "Bu o‘g‘rilik jazosiz qolmaydi"

Gulnora Karimovaning sobiq eri: "Bu o‘g‘rilik jazosiz qolmaydi"

AQSh fuqarosi va Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Mansur Maqsudiy O‘zbekiston Birinchi Prezidenti to‘ng‘ich qizining Shveysariya banklaridagi muzlatilgan pullarining bir qismiga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda Shveysariyaning Der Bund gazetasiga asoslanib, Podrobno.uz xabar berdi.

Daryo ning yozishicha, Mansur Maqsudiy o‘z akasi Farid bilan Shveysariya bosh prokuraturasi tomonidan 2012 yilda Gulnora Karimova va boshqa bir guruh shaxslarning pul yuvishda ayblangani ortidan muzlatib qo‘yilgan 800 million frankdan 100 millioniga da’vo qilmoqda.

Gulnora Karimova Mansur Maqsudiyga 1991 yilda turmushga chiqqan. Ular 2001 yilda ajrashgan.

Ajrashish chog‘ida Mansur va Faridning O‘zbekistondagi barcha mol-mulki olib qo‘yilgan. Ularning Coca-Cola Bottlers Uzbekistan kompaniyasidagi ulushi vositachi firma orqali Shveysariyaning Zeromax kompaniyasiga o‘tkazib yuborilgan , deyiladi Der Bund xabarida.

Mansur Maqsudiy nashrga bergan intervyusida quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan:

Mening oilam bu o‘g‘rilik jazosiz qoldirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu ishga aloqador hammaga, jumladan ozgina aloqasi bor insonlarga ham endi qiyin bo‘ladi .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!