Gulnora Karimovaning advokati mijozining huquqlari buzilishi ortidan BMTga murojaat qildi

Gulnora Karimovaning advokati mijozining huquqlari buzilishi ortidan BMTga murojaat qildi

Gulnora Karimovaning huquqlari muntazam ravishda buzilgani munosabati bilan uning advokati BMTga murojaat yo‘llagan, deb yozmoqda Effekt uz sayti.

O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova tomonda bo‘lgan Jenevadagi advokatlar BMTning mustaqil ekspertlarini uning hibsga olinishini noqonuniy deb topishga chaqirishmoqda. Shu bilan birga, ular Shveytsariya sud organlari tomonidan amalga oshirilgan kamchiliklarni qoralab chiqqan.

2020 yilning dekabrida Gulnora Karimova Shveysariyada bo‘lib o‘tgan sudda g‘olib chiqqan edi. Sud qaroriga ko‘ra, Gulnora Karimova bankda muzlatilgan qariyb 350 million dollarlik aktivga egalik qilishi mumkin.

Shveysariya federal apellyasiya sudi 3 dekabr kuni Gulnora Karimovani Gibraltar ofshor hududida ro‘yxatdan o‘tgan Takilant Ltd. kompaniyasining huquqiy egasi etib topish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqan va uni qanoatlantirgan. Mazkur kompaniyaning Shveysariya bankidagi hisobraqamida qariyb 350 million dollar miqdoridagi aktivlari 2018 yilda qabul qilingan jinoyat ishi qarori bilan muzlatilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, jinoyat ishi doirasida faqat B. ismli shaxs aybli deb topilgan. U hujjatlarni soxtalashtirish, noqonuniy daromadlarni legallashtirish, Karimova nomidan ochilgan kompaniyalar orqali poralar olishda aybdor deb topilgan.

“Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba, federal prokuratura uning aktivlarini musodara etishga erishmoqchi edi”, degan Karimovaning advokati Greguar Manja.

Gulnora Karimovaning advokati mijozining huquqlari buzilishi ortidan BMTga murojaat qildi

Avvalroq Shveysariya hukumati Gulnora Karimovaga taalluqli 131 million dollarni ma’lum shartlar bilan O‘zbekistonga qaytarishga rozilik bergani haqida xabar qilingandi. 2020 yilning may oyida esa Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 10 million dollar miqdoridagi aktivlar Fransiyadan O‘zbekistonga qaytarilgani ma’lum qilindi. Iyun oyida esa Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan 1,3 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha Shveysariya, AQSH, Fransiya, Rossiya kabi davlatlar bilan hamkorlikdagi ishlar davom etayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan (bu Gulnora Karimovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan bir necha jinoyat ishlaridan faqat biri bo‘yicha chiqarilgan hukm), biroq sudning 2018 yil 1 iyuldagi ajrimiga muvofiq, “insonparvarlik nuqtayi nazaridan hamda mahkuma jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul mablag‘larini qaytarish va davlatga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatlarini o‘z zimmasiga olganligini e’tiborga olgan holda”, unga tayinlangan jazoni 5 yillik uy qamog‘iga almashtirilgan.

Shundan so‘ng Gulnora Karimova, ma’lum bir cheklovlarga rioya etish sharti bilan, qizi Imon Karimovaning Toshkentdagi uyida yashay boshlagan. Biroq jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi uchun (e’tiborga molik tomoni, bu belgilangan tartibning birinchi marta buzilishi bo‘lmagan) u jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi qarori bilan 2019 yil 5 mart kuni uy qamog‘idan Zangiota tumanidagi 21-son umumiy tartibdagi koloniyaga o‘tkazilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli xabarlar sabab, Karimovaning qamoqxonadagi sharoitlari yuzasidan Ombudsman, Adliya vazirligi va IIV o‘rganish va suhbatlar o‘tkazgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!