Gulnora Karimovaga aloqador penthaus 68,4 mln dollarga sotilgan

 Gulnora Karimovaga aloqador penthaus 68,4 mln dollarga sotilgan

Gulnora Karimovaga aloqador ekani taxmin qilinayotgan HGongkongdagi hashamatli penthaus u qamoqda bo‘lgan paytda 68,4 million dollarga, 285 foizlik foyda bilan qayta sotilgani aytilmoqda. Kriminolog buni “kleptokratiyaning odil suddan qochib qutulishi bilan bog‘liq dunyodagi eng mashhur keys” deb ta’rifladi.

 Gulnora Karimovaga aloqador penthaus 68,4 mln dollarga sotilgan

2008 yilning sentyabr oyida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgani aytiladigan Zeromax kompaniyasi Gongkongning eng jozibali va qimmat hududi bo‘lmish Kovlun markazida joylashgan The Arch majmuasidagi hashamatli penthausni 36,6 million dollarga sotib olgan.

Oradan 3 oy o‘tgach, ushbu ko‘chmas mulk Britaniya Virjiniya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan, Karimovaning jinoiy sherigi Rustam Madumarovga aloqador ko‘rilgan Rudolph Alliance kompaniyasiga katta chegirma bilan qayta sotilgan.

Bu haqda Gongkong yer reestri hujjatlariga tayangan holda xabar tarqatgan Kanadaning The Globe and Mail nashriga ko‘ra, 2016 yilda Gulnora Karimova va Rustam Madumarovlar qamoqda bo‘lishiga qaramay, penthaus 68,4 million dollarga, 285 foizlik foyda bilan yana sotib yuborilgan.

Irlandiyaning Olster universiteti professori, kriminolog Kristian Lasslet mazkur sotuvni “mutlaqo aql bovar qilmaydigan” va “kleptokratiyaning odil suddan qochib qutulishi bilan bog‘liq dunyodagi eng mashhur keys” deb ta’riflagan.

  • Kleptokratiya – davlat hokimiyatidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanilishiga asoslangan siyosiy tuzum.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova O‘zbekistondagi iqtisodiy jinoyatlari uchun 2015–2020 yillarda uch marta sudlangan. 2020 yil martida unga 13 yil-u 4 oy qamoq jazosi tayinlangan. Qonunchilikka muvofiq, jazo muddati 2015 yil 21 avgustdan boshlab hisoblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!