Gullar shahri: Dushanbeda lolalar ekila boshlandi

Gullar shahri: Dushanbeda lolalar ekila boshlandi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri maydon va xiyobonlarida lolalar ekish bo‘yicha kampaniya boshlandi. Ilk lolalar Do‘sti maydoni va unga yaqin hududga ekildi, deya xabar beradi news.tj.

Meriya qaroriga muvofiq, kuzgi-qishki mavsumda, shuningdek bahor avvalida Dushanbe hududida 6 milliondan ortiq gul ekiladi. Ulardan 5,5 milliondan ziyodi - mavsumiy va 700 mingga yaqini - ko‘p yillik gullar , - deya ma’lum qildi shaharning Atrof-muhit muhofazasi boshqarmasi mutaxassisi Saidahmad Akrampur.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, maydonlar, xiyobonlar va parklar o‘tgan yildagi singari lolalar bilan bezatiladi. Reja bo‘yicha 398 900 dona lola ekiladi. Shu bilan birga, 204,5 ming kv. m gazon yaratiladi.

Hozirning o‘zidayoq poytaxt maydonlarida yuz minglab gullar ekilgan, dekorativ karamning turli navlari ham shular jumlasidandir. Daraxt va butalarga kelsak, joriy mavsumda 72 ming ko‘chat ekilishi kutilmoqda. Ulardan deyarli 19 mingtasi - yirik bargli, 25 mingdan ortig‘i - dekorativ va 16 mingdan ziyodi - mevali daraxtlar. Bundan tashqari, 11 mingdan ko‘p butalar ekiladi , - dedi Akrampur.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugunga kelib 5,3 mingdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari, 645 ming gul va 12 mingga yaqin kv. m gazon ekilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!