Guliston shahrida fuqaroning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan muhandis ushlandi

Guliston shahrida fuqaroning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan muhandis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat kadastrlar palatasining Guliston shahar filiali kadastr muhandisi O.I. fuqaro S.ning Guliston shahar, “Bahor” mahallasidagi uyining kadastr hujjatlarini shakllantirib, otasining nomiga rasmiylashtirib berish evaziga o‘z xizmat xonasida 300 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!