Gruziya Adliya vazirligi Saakashvili qamoqqa qachon qaytarilishini aytdi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini kasalxonadan qamoqxonaga o‘tkazish qarori siyosiy bo‘lishi mumkin emas, u shifokorlar tavsiyalariga asoslanadi.
Bu haqda Gruziya adliya vaziri Rati Bregadze Gruziyaning Imedi telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, Gruziyadagi mahbuslar sog‘lig‘ini yaxshilash uchun qancha vaqt kerak bo‘lsa, kasalxonada qolishlari mumkin.
“Vrachning tavsiyasi bo‘lishi bilan biz Saakashvilini qamoqxonaga o‘tkazamiz, chunki biz bu masala bo‘yicha boshqa qaror qabul qilmaymiz, har qanday siyosiy qaror qabul qilish istisno qilinadi”, — dedi Adliya vazirligi rahbari.
Unga ko‘ra, Saakashvilining salomatligi yaxshilangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)