Ushbu savolga SSV matbuot xizmati Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori Muhayyo Asilovadan javob oldi:
— Grippga xos belgilar barchamizga yaxshi ma’lum. Biroq isitma me’yorlashib, yo‘tal va burun oqishi to‘xtagach, ko‘pchilik kasallikdan to‘liq tuzaldim, deb o‘ylaydi. Bu — yanglish xulosa.
Vaholanki, xastalikning o‘tkir bosqichidan so‘ng jismoniy va ruhiy toliqqan, suvsizlangan hamda ko‘p quvvat yo‘qotgan organizmning tiklanish davri boshlanadi. Bu vaqtda tanada holsizlik, charchoq va zaiflik kuzatiladi.
O‘rganishlarga ko‘ra, grippning yengil shaklida organizm taxminan yetti-o‘n kun ichida tiklanadi. Kasallikning o‘rta og‘ir bosqichida bu muddat o‘n-o‘n to‘rt, ba’zan 21 kungacha cho‘ziladi. Grippning og‘ir shaklini to‘liq yengib, quvvatga kirish uchun esa uch oy vaqt kerak.
Bu hammada har xil kechadi. Tiklanish muddati bemorning kasallik boshlanishidan avvalgi immuniteti holatiga bog‘liq. Chunki virus surunkali xastaliklarni qo‘zg‘atib yuborishi mumkin.
Qolaversa, gripp asoratlari nafaqat otit va sinusit, balki virusli pnevmoniya, meningit, yurak ishemik kasalliklari, bronxial astma va surunkali bronxitni ham keltirib chiqarishi ehtimoli mavjud.
Bu viruslarga qarshi kurashdan so‘ng immunitet zaiflashib, ichki a’zolar faoliyati buzilishi bilan izohlanadi. Shuningdek, xastalik chog‘ida infeksiyalar tufayli asab tizimi zararlanadi. Oqibatda bemor to‘liq oyoqqa turganidan keyin ham toksinlarning miyaga ta’siri uzoq davom etadi.
Shu bois, bemor holsizlik, jizzakilik, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi, xotira susayishi va ish qobiliyati pasayishidan aziyat chekadi.
O‘z navbatida, muolaja jarayonida foydalanilgan dori-darmonlarning jigar, buyrak va ovqat hazm qilish tizimiga ayrim nojo‘ya ta’sirlari sezilishi mumkin.
Shu bois grippdan tuzalgan bemorlardan quyidagilar talab etiladi:
- jismoniy faollik va stressdan saqlanish;
- immunitetni mustahkamlash;
- to‘g‘ri ovqatlanish;
- vitamin terapiyasi;
- ichak mikroflorasini tiklashga qaratilgan dori-darmon muolajaci;
- massaj va fizioterapiya mashqlari.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола Чемпионлар лигаси 1/8 финали доирасидаги "Реал"га қарши жавоб ўйини учун асосий таркибни танлаб бўлганини айтди.
Аёл Туркия фуқароси бўлган шахс билан шаръий никоҳ асосида турмуш қурган, бироқ ушбу никоҳ расмий тартибда қайд этилмаган. Никоҳ маросими Наманган вилоятининг Чуст туманида ўтказилган.
Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги собиқ элчиси Крейг Мюррейнинг айтишича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий операцияси тўлиқ муваффақиятсизликка учраган.
Буюк Британия бош вазири Кир Стармер Politico нашрига берган интервьюсида Эрон томонидан тўсиб қўйилган Ҳўрмуз бўғозини очиш осон бўлмаслигини маълум қилди.
Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.