Grin-karta o‘ynash uchun qizil pasport olish shartmi? AQSh konsuli batafsil izoh berdi

A A A
Grin-karta o‘ynash uchun qizil pasport olish shartmi? AQSh konsuli batafsil izoh berdi

O‘tgan hafta grin-karta lotereyasining 2019 yilgi qoidalariga o‘zgartirish kiritilgani, xususan endilikda arizachilardan xalqaro sayohat pasporti seriyasini kiritish talab etilishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq holatda bu – joriy yildan muomalaga kiritilgan, 10 yil muddatga beriladigan, qizil rangli xorijga chiqish biometrik pasportini anglatadi.

Kun.uz muxbiri mazkur yangilik yuzasidan fuqarolarda tug‘ilayotgan qator savollarga javob olish maqsadida AQShning Toshkentdagi elchixonasi Immigrasion vizalar bo‘limi boshlig‘i Kori M Bender bilan suhbatda bo‘ldi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, haqiqatan ham bu yil grin-karta o‘ynashni istovchi o‘zbekistonliklarga xorijga chiqish pasportlarini olishlari tavsiya etiladi.

– Dastur talablari yildan yilga qat’iylashtirib borilyapti, – deb gap boshladi Bender. – Bunga sabab – biz lotereya g‘olibi sifatida suhbat uchun keladigan fuqarolar anketani shaxsan o‘zlari to‘ldirgan bo‘lishlarini istayapmiz. Talabgorlardan yana ham batafsilroq ma’lumotlarni kiritishlarini so‘rashdan maqsad – firibgarlik holatlarining oldini olish. Demak, qo‘shimcha ma’lumotlar kiritish talabi arizachini ham himoyalashga xizmat qiladi.

Dasturning o‘zbekistonlik ishtirokchilariga ariza topshirish vaqtida shu yil amaliyotga joriy etilgan qizil rangli xorijga chiqish pasportlaridan foydalanishlarini qat’iyan tavsiya etamiz. Lotereya qoidalarida ham bu aniq belgilab qo‘yilgan – arizada ko‘rsatilgan pasport fuqaroga xorijga chiqish imkonini berishi kerak.

Texnik jihatdan, dasturda qatnashish uchun ko‘k rangli, ichki foydalanish uchun mo‘ljallangan pasportdan ham foydalanish mumkin, ammo ushbu pasportda xorijga chiqish ruxsatnomasi – OVIR stikeri bo‘lishi kerak. Mazkur holatda, ariza topshirilayotgan vaqtda pasportdagi OVIR stikerining amal qilish muddati o‘tmagan, ya’ni stiker hali ham amalda bo‘lishi zarur.

Texnik tomondan imkoniyat bo‘lsa-da, biz ro‘yxatdan o‘tish vaqtida amaldagi OVIR stikeri bor pasportlardan foydalanishni tavsiya etmaymiz. Chunki 2021 yilga kelib, ya’ni joriy yil o‘ynaladigan lotereya g‘oliblari suhbatdan o‘tadigan vaqtda hozirgi ichki foydalanishdagi yashil pasportlarning stikeri muddati tugagan bo‘ladi, eski namunadagi pasportlar muomaladan chiqqan bo‘lishi ham mumkin. Natijada ular huquqiy jihatdan yaroqli bo‘lmasligi ehtimoldan xoli emas.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yil yanvaridan milliy ID-tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ya’ni yangi ID-kartalar ichki foydalanishdagi yashil pasportning o‘rniga joriy etilishi kutilyapti. Shunday bo‘lib chiqqan taqdirda, yashil pasport bilan ariza topshirgan ishtirokchilar konsullikdagi suhbat vaqtida ular haqiqatan ham o‘zlariga tegishli bo‘lgan va OVIR stikeri bor bo‘lgan pasport bilan ro‘yxatdan o‘tganliklarini isbotlashga tayyor turishlari lozim.

Agar suhbat vaqtiga borib, seriya-raqami arizaga kiritilgan pasportingiz yo‘q bo‘lsa, u holda buni isbotlash juda qiyin. Isbotlay olmasangiz esa, dasturdan chetlashtirilasiz.

Shuning uchun ham talabgorlardan lotereyada qatnashishda qizil pasportdan foydalanishlarini qat’iyan tavsiya qilamiz. Agar sizda xorijga chiqish pasporti bo‘lmasa, xavotir olmang va uni olishga harakat qiling.

– Demak, OVIR stikeri bo‘lmagan yashil pasport bilan lotereyada qatnashib bo‘lmaydi, shundaymi?

– Ha, OVIR stikeri bo‘lmagan yoki muddati o‘tgan OVIR stikeri bo‘lgan yashil pasportlar ro‘yxatdan o‘tish uchun qabul qilinmaydi. Chunki dastur qoidalariga muvofiq, fuqaro arizada ko‘rsatgan pasport unga ariza topshirilayotgan vaqtda xorijga chiqish imkonini berishi shart. Faqat mamlakat ichkarisida foydalanish uchun mo‘ljallangan pasportlar DV lotereyasida qatnashish uchun qabul qilinmasligi alohida belgilab qo‘yilgan.

– Ishtirokchi turli sabablarga ko‘ra pasportini almashtirishiga to‘g‘ri kelgan hollarda qanday yo‘l tutishi lozim?

– Bu kabi holatlarda ishtirokchi nima qilishi kerakligi dasturning yangi qoidalarida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, fuqaro konsullikdagi suhbat vaqtida vaziyatni to‘liq va ishonchli tushuntira olishi kerak. Qisqa qilib aytganda, talabgor pasportini o‘zgartirgan bo‘lsa, bu holat intervyu vaqtida muammo keltirib chiqarishi ehtimoldan uzoq emas.

– Dasturga oilaviy tarzda qatnashmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun pasportga oid eng muhim jihatlarni sanab o‘tsangiz.

– Dasturda qatnashish uchun shaxsan o‘zi ariza topshiruvchi shaxs lotereya o‘yinidagi asosiy ishtirokchi sanaladi va u ariza to‘ldirish jarayonida eri yoki rafiqasi hamda 21 yoshga to‘lmagan barcha farzandlarini ko‘rsatishi lozim, ammo arizada faqat o‘zining pasport seriya-raqamini kiritishi talab etiladi. Asosiy ishtirokchidan uning oila a’zolari pasport seriya-raqamini ko‘rsatish so‘ralmaydi. Ya’ni er-xotindan har biri o‘z arizasida faqat o‘zining pasport ma’lumotini kiritadi.

– Bilishimizcha, janob prezident Donald Trampning grin-karta lotereyasiga munosabati salbiy. Bu esa dunyo bo‘ylab AQShda doimiy yashashni istovchilarning xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

– Turli millatga mansub immigrantlar vizasi, ya’ni grin-karta lotereya dasturi qonun asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu degani unga faqat Kongress o‘zgartirish kiritishi mumkin. So‘nggi vaqtlarda tegishli qonun o‘zgartirilganicha yo‘q.

– AQSh Davlat departamentining 2018 yil bo‘yicha e’lon qilgan statistikasiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda vaqtincha yashash huquqini beradigan B1/B2 vizasi uchun ariza topshirgan o‘zbekistonliklarning 62 foiziga viza berish rad etilgan. Bu – Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori, sobiq ittifoq miqyosida esa ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu borada izoh bera olasizmi, viza talabgori bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga rad javobi berilishining eng ko‘p uchraydigan sabablari qaysilar?

– Men sizga faqatgina rasman chop etilgan statistik ma’lumotlarnigina keltirishim mumkin, bu raqamlarni siz ham ta’kidlab o‘tdingiz. Men Immigrant-vizalar bo‘limi boshlig‘i bo‘lganim bois noimmigrasiyaviy viza masalalari bo‘yicha izoh berish vakolatiga ega emasman.

Suhbat davomida Kori M Bender grin-karta lotereyasi g‘olibga faqatgina AQShda doimiy yashash vizasini olishga imkoniyat berishini ta’kidlab, hukumat vizadan boshqa AQShga yetib borish va u yerda yashash uchun hech qanday moddiy ko‘mak, ish o‘rni, ijtimoiy imtiyoz va ustunliklar bermasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

«Agar jarayon davomida talabgor AQSh hukumatidan shu kabi qo‘shimcha ko‘mak olishni niyat qilgani haqida bizga ma’lumot yetib kelsa, unga dastur doirasida viza berish rad etiladi», – dedi u.

Elchixona vakili, shuningdek, grin-karta dasturida qatnashuvchilar bilishi va amal qilishi kerak bo‘lgan quyidagi beshta oltin qoidani sanab o‘tdi.

1. Maxsus saytdagi arizani bevosita shaxsan o‘zingiz to‘ldirishingiz qat’iyan tavsiya etiladi.

2. Dasturda qatnashish davomida talabgordan faqat va faqat bitta holatda – AQSh konsulligiga viza uchun murojaat qilgandagina to‘lov amalga oshirish talab etiladi.

3. Fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini ehtiyot qilishlarini so‘raymiz. Ko‘chada kimdir oldingizga kelib, grin-karta yutishni xohlaysizmi, deb ism-sharifingiz, tug‘ilgan sanangiz kabi ma’lumotlarni so‘rasa, juda-juda ehtiyot bo‘ling. Oqibati yaxshilikka olib kelmasligi mumkin.

4. Lotereyada bir kishi bir yil davomida faqat bir marta qatnashishi mumkin. Qayta topshirilgan arizalar dasturdan chiqarib yuboriladi.

5. Ism-sharifingiz pasportdagi bilan aynan bir xil yozilganiga e’tibor qarating. Taqdim etadigan suratingiz esa kamida oxirgi 6 oy ichida olingan bo‘lishi kerak.

AQSh elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, grin-karta yangilangan qoidalarining o‘zbek tilidagi tarjimasi 1-2 hafta muddat ichida taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil uchun grin-karta lotereyasiga arizalar 2019 yil 2 oktyabridan 5 noyabriga qadar qabul qilinadi. Kompyuter dasturi yordamida tasodifiy tanlov bilan aniqlanadigan natijalar 2020 yil 5 mayida e’lon qilinadi. Bu galgi lotereya bilan jahon bo‘yicha 55 ming kishiga AQSh vizasi berilishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

Lamin Yamal: "Butun dunyo tayyorlansin"

«Барселона» ҳужумчиси Ламин Ямал футболдаги келажаги ҳақида гапирди. Испаниялик футболчи 5 йил ичида бутун дунёни тайёрланишга чақирди.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

Milliy terma jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovning Eron klubidagi kelajagi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда Uzbekistan Legionaries хабар берди.

Rossiya sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda: nishonda O‘zbekiston ham bor!

Кремль мазкур давлатларда рус тилининг мақомини пасайтирувчи қонунлар қабул қилинаётганидан норозилик билдирган

Kecha Toshkentda rekord darajadagi issiq havo qayd etildi

2025 йил 4 июль куни Тошкент шаҳрида ҳарорат +43,5°C га етди.

Chevrolet yangi Tracker 2026’ni taqdim etdi

Расмий ишлаб чиқариш ютули 2025 йил июл ойида бошланади, аммо ҳозирча фақат Бразилияда.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Kreml Bokuni kechirishga chaqiradi

Москва Озарбайжон билан иттифоқчилик муносабатларини сақлаб қолишни хоҳламоқда, ҳар икки мамлакат ўртасидаги кескинликка қарамай.

Dunyoda eng ko‘p millionerlar yashaydigan davlatlar e’lon qilindi

Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.

Toshkentda qiz harakatdagi avtomashina eshigini ochib sakradi

Ижтимоий тармоқларда қиз ҳаракатдаги автомашина эшигини очиб сакраганлиги акс этган видео тарқалиб турли муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Rossiyada avialoqa to‘xtatildi

Россия 7 июль кечаси 120 та украин дронларини тўхтатганини маълум қилди — ҳужум камида 10 та ҳудудни, жумладан Брянск, Курск ва Ленинград вилоятларини қамраб олди.

Bugun lavozimidan ozod qilingan Rossiya transport vaziri Roman Starovoyt vafot etdi

Маълумотларга кўра, Роман Старовойт Москва яқинидаги Одинцово шаҳридаги шахсий уйида ўлик ҳолда топилган.

Isroilning G‘azoga havo hujumlari oqibatida 10 falastinlik halok bo‘ldi, ular orasida chaqaloq ham bor

Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.

Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

Айтилган манзилда ёнғин навбатчиликда турган ёнғин қутқарув экипажлари томонидан зудлик билан соат 11:32 да ўчирилди.

Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi zarbalari kamida uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Украина расмийлари маълумотларига кўра, Одессада дрон зарбаси оқибатида янги қурилган бинодаги қўриқчи ҳалок бўлган

Isroil harbiylari Yamanga zarba berdi

Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац ҳусийларга қарашли портлар ва электр станциясига ҳарбий-ҳаво кучлари томонидан ҳужум қилинганини тасдиқлади

Eronda Isroil razvedkasi bilan aloqador agent qo‘lga olindi

Бу ҳақда FARS агентлиги Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (IRGC) матбуот хизматининг маълумотига таяниб хабар берди.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi samarasiz tugadi

Бу ҳақда Sky News Arabia телеканали "Report" хабарига таянган ҳолда маълум қилди.

Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqalmoqda

Қайд этилишича, ушбу касаллик кўпинча болалар ва ёшларда кузатилади — бу танада «она» деб аталадиган катта доғнинг пайдо бўлиши билан бошланади

Masjid qurilishi bahonasida odamlardan pul olganlar ushlandi

Кўрилган чора-тадбирлар натижасида ушбу фуқароларнинг шахси аниқланган

Pokistonda ko‘p qavatli bino qulab tushdi, qurbonlar bor

Маҳаллий ОАВ хабарларига кўра, саккизга яқин фуқаро вайроналар остида қолган бўлиши мумкин.

Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in 2 soatda qurshab olindi

Ёнғин ҳудуди кенгайишига йўл қўймаслик учун «Бурчмулла» ўрмон хўжалигидан ҳам ёнғин ўчириш ишларига ходимлар жалб қилинган.

Suriyaning Latakiya hududida kuchli o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda — OAV

Олов тез тарқалаётгани сабабли 20 дан ортиқ шаҳар ва қишлоқлар аҳолиси эвакуация қилинди.

Britaniyada COVIDning yangi shtammi Stratus tarqalmoqda

The Independent нашри ёзишича, Буюк Британияда COVID-19'нинг янги штамми — Stratus кенг тарқалмоқда.

Dron hujumlari tufayli Pulkovo va Sheremetevo aeroportlarida 200 dan ortiq reys kechiktirildi

Пулково аэропортида эса 100 дан ортиқ рейс кечиктирилган ва 30 дан ортиқ рейс бекор қилинган. Бунинг оқибатида аэропортларда йўловчилар тўпланиб қолган.

Toshkent viloyatida 7 yoshli bola o‘gay otasi va onasi tomonidan kaltaklandi

Ҳолат юзасидан боланинг онаси маъмурий жавобгарликка тортилган.

Agrobank Andijon filialida yirik kredit talon-tarojligi fosh etildi — sobiq rahbar 8,5 yilga qamaldi

Қизиғи шундаки, ушбу филиал раҳбари 2024 йилнинг ўзида 3 марта, 2025 йилда эса 1 марта жиноий жавобгарликка тортилган.

Rimdagi portlashda jarohatlanganlar soni 45 kishiga yetdi (video)

Бу ҳақда Rainews24 телеканали хабар берди.

Moskvada Transneft top-menejeri Andrey Badalov o‘lik holda topildi

Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳукумат статистика юрита бошлаган 15 июндан буён иссиқ уришдан азият чекканлар сони 633 нафарга етди.

Isroil askarlari El-Xalilda halok bo‘lgan falastinlik bilan vidolashuv marosimini to‘xtatib qo‘ydi

Исроил армияси Ғарб соҳилидаги Эль-Халил шаҳрида жойлашган хонадонга рейд уюштириб, ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимига халал берди. Марҳум аввалроқ Исроил қамоқхонасидан озод этилган ва кейинроқ Ғаза секторидаги Исроил бомбардимони оқибатида ҳалок бўлган эди.

Toshkent viloyatida xotinini kaltaklab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Тошкент вилоятининг Оққурғон туманида турмуш ўртоғининг ўлимига сабаб бўлган эркак суд ҳукми билан узоқ муддатга қамалди.