"Google Pay" to‘lov tizimi 4 iyundan to‘xtatilmoqda

 "Google Pay" to‘lov tizimi 4 iyundan to‘xtatilmoqda

Kompaniya "Google Pay" to‘lov tizimini qo‘llab-quvvatlash tugashini rasman e’lon qildi – u 2024 yilning 4 iyunida ishlashni to‘xtatadi.

"Google Pay" o‘rniga odamlar "Google Wallet" ilovasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar – bu universal dastur bo‘lib, u kartalarni saqlash, obunalar va onlayn xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

"Wallet" "Google Pay"dan nafaqat kredit kartalarini, balki transport chiptalari, konsert chiptalari, tashrif qog‘ozlari va chegirma kuponlarini ham saqlash imkoniyati bilan farq qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!