Google multimodal katta til modeli Gemini-ni e’lon qildi

Google multimodal katta til modeli Gemini-ni e’lon qildi

Google 2023 yilning 6 dekabrida Google DeepMind kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan multimodal katta til modeli Gemini-ni e’lon qildi.

📝Gemini bir vaqtning o‘zida matn, tasvir, audio, video ma’lumotlar va dastur kodlarini qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan, ko‘p vazifali tilni tushunish masalalarini hal qilishda inson ekspertlardan ustun bo‘lgan birinchi sun’iy intellekt modeli hisoblanadi.

📝Gemini Ultra 57 ta fanga oid masalalarni hal qilishda 90% aniqlik bilan inson ekspertlarni orta qoldirdi. Savollarga javob berishda inson ekspertlar 89,8% aniqlikka, GPT-4 modeli 86,4% aniqlikka erishgan.

📊Gemini Ultra matematika faniga oid turli darajadagi masalalarni yechishda ham yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Gemini Ultra 8 500 ta maktab matematikasiga oid matnli masalalarni yechishda 94,4% (GPT-4 92,0%) aniqlikka erishdi.

📊Gemini Ultra rasm, diagramma, xarita, jadval, musiqa notasi, kimyoviy tuzilma va matn kabi turli elementlardan tashkil topgan 11 550 ta savollarni 62,4% qismini to‘liq hal qila oldi. Ushbu savollar rasm, infografika, diagramma, chizma, xarita, jadval, musiqa notasi, kimyoviy tuzilma va matn kabi turli elementlardan tashkil topgan. Gemini Ultra ushbu savollarning 62,4% qismini to‘liq hal qilib, eng yaxshi natijani (GPT-4 56,8%) yangiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!