Gonkongdagi uy hayvonlarida yana koronavirus aniqlandi

Gonkongdagi uy hayvonlarida yana koronavirus aniqlandi

Gonkongda uy hayvonlari orasida yana koronavirus holatlari qayd etildi. Hukumatning qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va tabiatni muhofaza qilish departamenti xabariga ko‘ra, ushbu virus shaharning turli hududlaridagi Shotlandiya mushuklari va Yorkshir itlarida tasdiqlangan.

Ta’kidlanishicha, ushbu hayvonlarning egalari izolyasiya qilingan, chunki ular koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lishgan. Uy hayvonlari ham hayvonlar uchun maxsus karantin markaziga joylashtirilgan. Mushuk va itlar hech qanday alomat ko‘rsatmasdan COVID-19 uchun musbat natija ko‘rsatgan test-sinovidan o‘tishgan.

Gonkongda jami oltita uy hayvonlari koronavirusi qayd etilgan. Dunyoda birinchi marta uy itining koronavirusni yuqtirish holati Gonkongda 23 yanvar kuni aniqlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!