Gollandiyalik xaker avstriyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlaganini da’vo qildi

Gollandiyalik xaker avstriyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlaganini da’vo qildi

O‘tgan yil oxirida hibsga olingan gollandiyalik xaker deyarli barcha avstriyaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlaganini da’vo qilmoqda.

2022 yil noyabr oyining oxirida Amsterdam polisiyasi butun dunyo bo‘ylab o‘n millionlab odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlagan va sotganlikda gumon qilinayotgan almerelik 25 yoshli yigit butun Avstriya fuqarolarining ma’lumotlarini o‘g‘irlaganligini da’vo qilmoqda.

Gumonlanuvchi to‘rtta jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda:

✅ fishing dasturlar va xakerlik vositalariga ega bo‘lish;
✅ ma’lumotlarni o‘g‘irlash va ommaviy bo‘lmagan ma’lumotlar savdosi;
✅ o‘zgalarning kompyuteriga ruxsatsiz kirsh;
✅ O‘zgalarning hisob raqamlaridan ruxsatsiz pul yechish.

U 2022 yilda 450 ming yevro pullarni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!