G‘ijduvonda ijtimoiy tarmoq o‘g‘risi fosh etildi

G‘ijduvonda  ijtimoiy tarmoq o‘g‘risi fosh etildi

G‘ijduvon tumani Ayirtom mahallasida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan E.Z. ning turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan “Xalq banki” filiali tomonidan berilgan plastik kartochkasiga “klik” tizimi o‘rnatilganligi, kartaning “sms” xabarnomasi esa uning “Bilayn” uyali aloqa kompaniyasi tomonidan rasmiylashtirib berilgan telefon raqamiga ulanganligi uchun 2021 yil 02 iyun kuni noma’lum shaxs uning ushbu telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, hozirda plastik kartalardan ko‘plab o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilayotganligini aytib, bank tomonidan profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli “klik” tizimiga o‘rnatilgan maxfiy kodni o‘zgartirish lozimligini bildirib, E.Z.dan plastik karta kodini so‘rab olishga erishib, o‘sha kuni tungi vaqtda plastik kartada mavjud bo‘lgan 646.000 so‘m pullarini “klik” tizimi orqali yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari orlib borilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-texnikaviy, surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani A.Jomiy ko‘chasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan T.M. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa shu va shunga o‘xshash fosh etilmasdan qolib kelayotgan virtual jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!