Germaniya va’da bergan barcha Leopard tanklari Ukrainaga yetib keldi

Germaniya va’da bergan barcha Leopard tanklari Ukrainaga yetib keldi

Germaniya va’da qilgan 18ta Leopard 2 tanklarining barchasi Ukrainaga yetib keldi, deb xabar qildi RIA Novosti Spiegel nashriga asosan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi partiya Germaniya hududini o‘tgan hafta oxirida tark etgan va allaqachon Ukraina chegarasini kesib o‘tgan.

Shu bilan birga, jurnal ta’kidlaganidek, nemis rasmiylari xavfsizlik nuqtai nazaridan qurol-yarog‘lar aynan qaysi yo‘nalish bo‘ylab yetkazilishini sir tutadi.

Ma’lumot uchun, Leopard 2 nemis armiyasining asosiy jangovar tankidir. Radiasion, kimyoviy, biologik himoya va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlari tizimi bilan jihozlangan. Rheinmetall RH-M-120 rusumli 120 mmli to‘p bilan jihozlangan. Magazini 42ta snaryaddan iborat. Shuningdk ikkita qo‘shimcha pulemyotdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Berlin NATO ittifoqchilarining bosimidan so‘ng, Leopard 2 tanklarini Kiyev rejimiga topshirishini va nemis uskunalarini ularga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarga etkazib berishga ruxsat berishini aytdi.

Moskva o‘tgan yili Kiyev rasmiylariga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun harbiy texnika o‘rnatilgan har qanday yuk Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va alyans mojaroda bevosita ishtirok etmoqda - nafaqat qurollarni uzatish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlashda ham ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!