Germaniya Tashqi ishlar vazirligi: Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi yoki NATO kafolatlari masalasi hozir muhokamada emas

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi: Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi yoki NATO kafolatlari masalasi hozir muhokamada emas

Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi yoki Kiyevning NATOdan xavfsizlik kafolati olishi masalasi hozir kun tartibida emas.

Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“NATO ochiq eshiklar siyosatiga ega; suveren davlatlar qaysi ittifoqqa kirishni o‘zlari hal qiladilar. Ukraina misolida bu masala bugun kun tartibida emas”, - dedi Burbok.

Uning eslatishicha, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish islohotlar jarayoniga bog‘liq.

Evrokomissiyaning sobiq rahbari Jan-Klod Yunker Ukraina yaqin orada Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmasligi haqida fikr bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!