Gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantasiyasiga muhtoj bolalar davlat hisobidan davolanadi

Gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantasiyasiga muhtoj bolalar davlat hisobidan davolanadi

Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi;

onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantasiyasi amaliyoti joriy etiladi;

virusli gepatitning “S” turi bilan kasallangan bemorlarni hamda gemotopoetik suyak ko‘migi o‘zak hujayralari transplantasiyasi muolajasiga muhtoj onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni to‘liq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davolash yo‘lga qo‘yiladi;

Toshkent shahrining tibbiyot muassasalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar hajmi va dori vositalari ro‘yxatini amaliyotga kiritishni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitasiya hamda dori vositalari bilan ta’minlash ishlari “vaucher” tizimi asosida tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!