"Gazprom" aksiyalari 30 foizga pasaydi

"Gazprom" aksiyalari 30 foizga pasaydi

"Gazprom" aksionerlari majlisida 2021 yil uchun dividendlarni to‘lamaslik haqida qaror qabul qilgandan keyin kompaniya aksiyalari narxi keskin tushib ketdi va hozirgacha 30 foizdan pastga quladi deyiladi Moskva birjasi tarqatgan ma’lumotlarda.

"Gazprom" aksiyasi 26 apreldan buyon eng ko‘p pastlagani 30,22 foizgacha bo‘ldi, deyiladi xabarda. Kompaniya aksiyalarining qulashi natijasida Moskva birjasining indeksi ham 5,8 foizga tushgan.

Payshanba kuni "Gazprom" aksionerlari kompaniya daromadini hamda 2021 yil dividendlari taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qilmagani haqida xabar berdi.

Kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosarining izoh berishicha, aksionerlar hozirgi vaziyatda 2021 yil dividendlarini to‘lash maqsadga muvofiq emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!