G‘azo: Isroil agressiyasi qurbonlari soni 13,3 ming kishiga yetdi

G‘azo: Isroil agressiyasi qurbonlari soni 13,3 ming kishiga yetdi

7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 13,3 ming kishiga yetdi, 31 ming kishi jarohat oldi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, qurbonlar orasida 5600 nafar bola va 3550 nafar ayol bor.

Xabar qilinishicha, mintaqani o‘qqa tutishda 201 nafar tibbiyot xodimi va 60 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Yaradorlar soni esa 31 mingga yetgan.

6500 dan ortiq odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida, jumladan vayronalar ostida qolganlar ham borligi qayd etilgan bo‘lib, ularning 4 ming 400 dan ortig‘i ayollar va bolalardir. Ayni paytda sektorda 98 ta hukumat binosi va 266 ta maktab Isroil hujumiga uchragan va 66 ta maktab ishlashdan to‘xtagan.

Isroil askarlari tomonidan bombalangan 170 ta masjiddan 83 tasi butunlay vayron qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!