Gavi "Barselona" tarkibidan chetlatildi

Gavi "Barselona" tarkibidan chetlatildi

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi Ispaniya chempionati rasmiy saytida o‘z jamoasining qaydnomasidan olib tashlandi.

2022 yil sentabrida yangi shartnoma imzolaganidan so‘ng 6-raqamli futbolkaga o‘tgan 18 yoshli futbolchi mavsum uchun "Barselona-2" jamoasi futbolchisi sifatida qayta ro‘yxatga olinadi va 30-raqamga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, La Liga Gavining "Barselona" bilan yangi shartnomasini imzolaganiga norozilik bildirgan, chunki klubning bunday kelishuvni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyati yo‘q edi.

Gavi o‘tgan mavsumdan beri "Barselona"ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi 37 o‘yinda 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!