G‘arb hech qachon Rossiyani tor-mor eta olmaydi — Putin

G‘arb hech qachon Rossiyani tor-mor eta olmaydi — Putin

G‘arb Rossiyani tor-mor etishga urinmoqda, ular hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda “Rossiya qahramonlari” bilan suhbat chog‘ida, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Biz avvaliga aralashmadik, qandaydir tarzda o‘z-o‘zidan tinchlanadi deb o‘ylagandik. Yo‘q. Keyin biz odamlarga yordam berishni boshlashga majbur bo‘ldik ... Biz Minsk kelishuvlarini tuzdik. Ular: “Biz ularni bajarishga tayyormiz”, deyishdi. Buning uchun harakat qildik. Ular buni yana omma oldida aytishdi. Germaniyaning sobiq kansleri ham, Fransiyaning sobiq prezidenti ham aytdi: “biz uni bajarish haqida o‘ylamagan edik, faqat Ukrainani jangovar harakatlarga tayyorlash uchun imzolaganmiz. Va Rossiyani chetga surish, uni zaiflashtirishga urinish. Va oxir-oqibat uni yo‘q qilish. "Ular hech narsa qila olmaydilar. Hech qachon", — dedi Putin Kremlda Rossiya Qahramonlari bilan suhbat chog‘ida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shuningdek, Ukraina rasmiylarining o‘zlari o‘z mamlakatida ruslarga qarshi kurashni boshlab, hozirgi mojaroni qo‘zg‘atganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!