Gaiti poytaxtidan 3 hafta ichida 53 ming kishi chiqib ketdi

Gaiti poytaxtidan 3 hafta ichida 53 ming kishi chiqib ketdi

Gaiti poytaxti Port-o-Prens aholisi ommaviy ravishda shaharni tark etmoqda. Bu haqda Euronews yozdi.

Uch hafta mobaynida 53 000 dan ortiq odam shafqatsiz to‘da, ya’ni banditlarning zo‘ravonligidan qutulish uchun Gaiti poytaxtini tark etdi. Bu ma’lumotlar BMT tomonidan taqdim etilgan.

Ularning 60% dan ortig‘i Gaiti janubidagi qishloq joylariga bormoqda. Bu BMT rasmiylarini xavotirga soldi.

Ular zarur infratuzilma mavjud emasligini va mezbon jamoalar Port-o-Prensdan kelayotgan qochqinlar oqimini joylashtirish uchun yetarlicha resurslarga ega emasligini ta’kidladilar.

BMTning Xalqaro migrasiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Port-o-Prensni tark etgan 116 mingdan ortiq kishi Gaiti janubida istiqomat qiladi.

3 millionga yaqin aholining poytaxtni tark etishi fevral oyi oxirida to‘dalar hukumat idoralariga hujum qilganidan keyin boshlangan. Qurollangan shaxslar polisiya bo‘limlariga o‘t qo‘ygan va yopiq xalqaro aeroportga o‘t ochgan. Ular Gaitidagi ikkita eng yirik qamoqxonaga bostirib kirib, 4000 dan ortiq mahbusni ozod qilishdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!