G7 yetakchilari G‘azodagi mojaro yakuni qanday bo‘lishi kerakligini aytdi

G7 yetakchilari G‘azodagi mojaro yakuni qanday bo‘lishi kerakligini aytdi

Hozirgi Falastin-Isroil mojarosi Falastinning tan olinishi bilan ikki davlatning tinch-totuv yashashi asosida yakunlanishi kerak. Bu haqda G7 guruhi (Katta yettilik) yetakchilarining Italiyadagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bayonotida aytiladi.

«Biz ikki demokratik davlat – Isroil va Falastin xalqaro huquq va BMTning tegishli rezolyusiyalariga muvofiq xavfsiz va tan olingan chegaralar doirasida yonma-yon tinch-totuv yashayotgan holda, ikki davlat asosidagi yechimga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», deyiladi hujjatda.

Unda «G‘azoni G‘arbiy sohil [Iordan daryosi] bilan Falastin ma’muriyati boshqaruvi ostida birlashtirish muhimligi» ta’kidlangan.

G7 yetakchilari «o‘zaro tan olish, jumladan [Isroil] vaqti kelganda Falastin davlatini tan olishi ushbu siyosiy jarayonning muhim tarkibiy qismi bo‘ladi», dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!