Futbol olamidagi eng mashhur iqtiboslar

Futbol olamidagi eng mashhur iqtiboslar

Britaniya nashrlaridan biri futbol olamidagi eng mashxur 100 ta iqtiboslar haqida katta maqolani chop etdi. Aynan shu voqeadan so‘ng, biz ham charp to‘p ishqibozari uchun eng mashxur iqtiboslarni taqdim etishga qaror qildik.

Agarda siz o‘z vaqtingizni maroqli o‘tkazishni istasangiz, hech qachon nemislarni «Uembli» chorlamang!

Alan Shirar

Men «Milan»dan faqat osmongina baland turadi deganman?! «Inter» osmonlardan ham balandroqdagi klub!

Antonio Kassano

Italiyancha futbol bu – Eng qo‘rqinchli o‘yin! Ikkita futbolchi hujum qiladi, 10 ta futbolchi himoyalanadi, yosh futbolchilar esa, zahirada o‘tiradi!

Arigo Sakki

O‘yin yoddan ko‘tariladi biroq, natija qoladi

Labanovskiy

Agarda men o‘lsam, meni kim bilan uchrashganimni yodga olishmaydi, kim bilan urushganimi yodga olishmaydi, nechta mashinani pachoq qilganim bilan ham hech kimning ishi bo‘lmasligi mumkin. Sababi, bu muhim voqealar emas, lekin mening o‘yinimni abadiy xotiralarida qoladi!

Jorj Best

Agarda uni «Fiat» singari boshqaradigan bo‘lsang, «Ferrari» sotib olishning nima keragi bor?!

Ibrahimovich

Men sobiq futbolchi, sobiq murabbiy, sobiq direktor, sobiq klub prizidentiman. Bu ro‘yhat ko‘rsatib turibdi-ki, hamma narsaning oxiri bor va men so‘nggi manzilimga yetib keldim!

Yoxan Kroyf

Agarda senda kuchli futbolchilar jamlangan bo‘lsa, bu sening kuchli jamoang bor degani emas!

Marchello Lippi

Men kelishgan yigitlar sirasiga kirmasamda men ko‘rsatayotgan futbol o‘ziga maftun qiladi!

Ronaldino

Xar safar o‘yindan so‘ng futbolka almashadigan bo‘lsam, ulardan ter hidi anqib turadi. Faqat bir safar Bekham bilan bunday xol yuz bermagan edi. Uning futbolkasidan adekalonning isi kelardi. U buni qanday uddaladi ekan deya o‘ylab qoldim. Menimcha u parfyumeradan foydalanadi!

Ronaldo

Futbolda kuchlilar g‘olib bo‘ladi, kim kuchli deysizmi? Albatta g‘alaba qozongan tomon!

Frans Bekkenbauer

Agarda sen jarima maydonchasida to‘p bilan nima qilishni bilmay qolsang, shunchaki gol ur! O‘yindan so‘ng biz o‘sha soniyalarda yana nima qilishing mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ramiz!

Bob Peysli

Hakamlarning xatosi shunda-ki, ular qoidalarni bilishadi, ammo o‘yinning mohiyatini tushuna olishmaydi!

Bill Shenkli

Men maqtovlarni u qadar xush ko‘rmayman. To‘g‘risi meni tanqid eshitib uni inkor qilishni xush ko‘raman

Pol Skoulz

Men uchta JChni penaltilar seriyasi sababli boy berdim. Qarshiligingiz bo‘lmasa, biroz asabiy bo‘lib qolmoqchiman!!!

Roberto Badjo

Agarda men Patrik Viyera bilan mushtlashishgacha borganimda, u meni o‘ldirib qo‘yar edi!

Roy Kin

Men terma jamoani qabul qilib oldim. Umid qilaman-ki, mendan so‘ng jamoa qoladi!

Luis Aroganes

Kuch hayvonlar uchun! Futbol o‘ynashimiz uchun bizga yahshi ishlaydigan bosh va to‘p zarur!

Lui van Gal

Men aql bilan emas, yurak bilan futbol o‘ynayman. Men o‘ylab o‘tirmayman, shunchaki harakatni boshlayman!

Tiyeri Anri

Men bir necha haftada ingliz tilini shuday o‘rganib olaman-ki, inglizcha so‘zlaganimda meni istalgan nemis tushuna oladi !

Lotar Matteus

Men hech qachon murabbiylik sohasida ish yuritmayman. Nega deysizmi? Sababi, buning uchun futbolchilikdan va unda ortitilgan jamiki muhim narsalardan voz kechish talab etilad. Men uchun bu juda qadrli!

Denis Berkamp

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!