Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining FIFA reytingidagi o‘rni o‘zgarmadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining FIFA reytingidagi o‘rni o‘zgarmadi

FIFA tashkiloti terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston terma jamoasi hamon 77-o‘rinni egallab turibdi.

Terma jamoamiz sentyabr oyida Kamerun terma jamoasini o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub etib, Kosta Rikaga imkoniyatni boy bergach, o‘z ochkolarini 3,35 ballga boyitdi.

OFK vakillari orasida O‘zbekiston termasi Xitoyni ortda qoldirib, 10-pog‘onadan joy olgan. Dastlabki uchlik esa Eron, Yaponiya va Janubiy Koreyaga tegishli.

Umumiy reytingda Braziliya terma jamoasi peshqadamlikni saqlab turibdi. Belgiya ikkinchi, Argentina esa uchinchi o‘rinni egallagan.

FIFA reytingi

1.Braziliya — 1841
2. Belgiya — 1817
3. Argentina — 1774
4. Fransiya — 1760
5. Angliya — 1728
6. Italiya — 1726
7. Ispaniya — 1715
8. Niderlandiya— 1694
9. Portugaliya — 1676
10. Daniya — 1666.

OFK

20. Eron — 1564
24. Yaponiya — 1559
28. Janubiy Koreya — 1530
38. Avstraliya — 1488
50. Qatar — 1440
51. Saudiya Arabistoni— 1438
68. Iroq — 1343
70. BAA — 1337
75. Ummon — 1320
77. O‘zbekiston — 1310
79. Xitoy — 1305
84. Iordaniya — 1290.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!