Fransiyaning Turkiyadagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi​​​​​​​

Fransiyaning Turkiyadagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi​​​​​​​

Fransiyaning Anqara elchisi Herve Magro, terror tashkiloti PKK/YPG a’zolarini Fransiya Senatida mehmon qilingani va medallar topshirilgani uchun Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan elchiga terror tashkiloti PKKning Suriyadagi bo‘limi YPG va uning ayol bo‘limlari YPJ a’zolarining Fransiya Senatida mehmon qilingani va "Faxriy medal bilan taqdirlangani" Turkiya tomonidan qabul qilinmadi va bu voqea qattiq qoralandi.

Magro bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash doirasida Fransiya rasmiylaridan hamkorlik kutilishi yana bir bor ta’kidlandi va Fransiya PKKning Suriyadagi bo‘limlariga xalqaro qonuniylik berish harakatlarini ma’qullamadi. Elchiga Fransiyadan Turkiyaning o‘z chegaralari va turk xalqining xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash, Suriyaning birligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha ittifoqchilik ruhiga muvofiq harakat ko‘rsatishi so‘ralgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Turkiyaning Parijdagi elchixonasi tomonidan ham Fransiyaning tegishli idoralariga keskin e’tirozlar bildirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!