Fransiyaning Makronga bo‘lgan ishonch reytingi tarixiy past darajaga yaqinlashdi

Fransiyaning Makronga bo‘lgan ishonch reytingi tarixiy past darajaga yaqinlashdi

Fransiya xalqining prezident Emmanuel Makronga bo‘lgan ishonch reytingi uning qayta saylanganidan beri tarixiy eng past darajaga yaqinlashdi. Bu haqda Le Figaro gazetasi yozmoqda .

Gazetaga ko‘ra, «Sariq jiletlilar» namoyishlari chog‘ida prezidentni ma’qullash reytingi 21 foizga tushib ketgan, uning siyosatini ma’qullash reytingi esa hozir bor-yo‘g‘i 22 foizni tashkil etadi.

Maqola mualliflarining qayd etishicha, Makronning reytingi bor-yo‘g‘i bir oy ichida uch foizga tushib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!