Fransiyadagi tartibsizliklar vaqtida bir necha polisiya mashinasi yonib ketdi

Fransiyadagi tartibsizliklar vaqtida bir necha polisiya mashinasi yonib ketdi

Fransiya g‘arbidagi Sent-Solin kommunasi yaqinidagi tartibsizliklar vaqtida namoyishchilar bir necha polisiya mashinasini yoqib yubordi.

Bu haqda BFMTV telekanali kadrlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Namoyishchilar qishloq xo‘jaligi uchun sug‘orish havzalarini yaratishga qarshi chiqdi.

Qayd etilishicha, polisiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlarini faol qo‘llagan, namoyishchilar protivoniqob va dubulg‘a kiyib, suv oqimlaridan qalqon bilan o‘ralib, polisiyaga qarata petarda va tuproq bo‘laklarini uloqtirgan.

To‘qnashuvlar chog‘ida dala atrofida turgan bir necha polisiya mashinalari yonuvchi aralashmasi bo‘lgan butilkalar yordamida yoqib yuborilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi hibsga olingan, to‘qnashuvlar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!