Fransiyada hayotini millionlab dollarlarga sug‘urta qilgan erkak vaksinadan vafot etdi. Sug‘urta agentligi pul to‘lashdan bosh tortdi

Fransiyada hayotini millionlab dollarlarga sug‘urta qilgan erkak vaksinadan vafot etdi. Sug‘urta agentligi pul to‘lashdan bosh tortdi

Fransiyada o‘z hayotini millionlab dollarlarga sug‘urta qilgan va COVID'ga qarshi vaksina olib vafot etgan badavlat keksa parijlik tadbirkorning ishi katta rezonansga sabab bo‘ldi. Sug‘urta kompaniyasi marhumning qarindoshlariga pul to‘lashdan bosh tortdi, sud esa kompaniyani haq deb topdi, deb yozadi Unser Mitteleuropa.

Shifokorlar erkakning o‘limiga vaksina sabab bo‘lganini tasdiqlashdi. Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi oilaga pul to‘lashdan bosh tortdi, chunki sug‘urta polisida eksperimental dori vositalari va davolash usullari, jumladan, koronavirusga qarshi emlashlar qo‘llanilmaydi.

Oila sug‘urta kompaniyasini sudga berdi, biroq yutqazdi. Sudya eksperimental vaksinaning nojo‘ya ta’sirlari ommaga oshkor etilishini va marhum o‘z ixtiyori bilan vaksinani qabul qilganda ulardan bexabarligini da’vo qila olmaydi, degan qarorga keldi. Sud, shuningdek, Fransiyada vaksinaga majburlaydigan qonun yo‘qligini ta’kidladi.

"Shuning uchun uning o‘limi, aslida, o‘z joniga qasd qilishdir", - deb qaror qildi sud.

Sug‘urta kompaniyasining ta’kidlashicha, o‘z joniga qasd qilish, xuddi eksperimental dori vositasidagi o‘lim kabi, sug‘urta hodisasi emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!