Fransiya maktablarda "Google" va "Microsoft" dasturlaridan foydalanishni taqiqladi

Fransiya maktablarda "Google" va "Microsoft" dasturlaridan foydalanishni taqiqladi

Fransiya hukumati rasmiylari "Google" va "Microsoft"ning bulut xizmati ma’lumotlar bazalari AQShda joylashganligi shuningdek, Yevropa Axborot texnologiyalari va inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiya talablariga mos kelmasligi sababli maktablarda "Microsoft Office 365" va "Google Workspace" havolalaridan foydalanishni taqiqladi.

Fransiya Milliy Assambleyasi a’zosi Filip Letom "Microsoft Office 365" bepul havolasi qanchalik qulay va jozibador bo‘lsa-da, unda noqonuniy yashirin "demping" shakli mavjudligini ta’kidlagan assambleya yig‘ilishida.

Demping - tovar narxlarini sun’iy ravishda arzonlashtirish, ba’zan tan narxidan past narxlarda sotish orqali bozorni egallash uchun raqobat vositalaridan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!