Foto: O‘zbekiston va Qatar birinchi xonimlari
Qatar sobiq amiri shayx Hamad bin Xalif al Taniyning turmush o‘rtog‘i, Qatarning hozirgi amiri shayx Tamim ibn Hamad al Taniyning onasi Mo‘za bint Nosir al Misnid O‘zbekistonga xususiy tashrif bilan kelgan. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
«O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroatxon Hoshimova janobi oliyalari bilan, shu yozdagi xususiy tashrif vaqtida», - deyilgan Mo‘za bint Nosir al Misnidning sahifasida.

Shuningdek, e’lon qilingan fotosuratda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyevadan tashqari, uning qizi Shahnoza Mirziyoyevani ham ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun: Mo‘za bint Nosir al Misnid Qatar sobiq amiri shayx Hamad bin Xalif al Taniyning uch xotinidan ikkinchisi sanaladi. U siyosat va jamoat arbobi sifatida tanilgan.

Mo‘za al Misnid qator davlat va xalqaro lavozimlarga ega. Ular orasida: Qatar ta’lim, ilm-fan va jamiyat taraqqiyoti jamg‘armasi rahbari, Oila masalalari bo‘yicha Oliy kengash prezidenti, Ta’lim bo‘yicha Oliy kengash vise-prezidenti, YUNESKO maxsus vakili.
U Virjiniya Hamdo‘stlik Universiteti (Virginia Commonwealth University), Texas A & M universiteti (Texas A & M University), Karnegi-Melon Universiteti (Carnegie Mellon University), London Imperiya Kolleji (Imperial College London) va Jorjtaun universiteti (Georgetown University) faxriy doktorlik unvonlariga ega.
Etti nafar farzandi bor: shayx Hamad bin Xalif al Taniy (2013 yil 25 iyundan Qatarning 4-amiri);
shayx Jasim bin Xalif al Taniy;
Joan Hamad al Taniy;
Xalifa Xamad al Taniy;
Muhammad Hamad al Taniy;
Al Mayyossa Hamad al Taniy;
Hind Hamad al Taniy.
