FOTO! 25 yoshli Putinga berilgan tavsifnoma

FOTO! 25 yoshli Putinga berilgan tavsifnoma

Sankt-Peterburgdagi tarixiy va siyosiy hujjatlar markaziy davlat arxivida Vladimir Putin nomiga berilgan tavsifnoma ko‘rsatildi, deya yozadi 78.ru.

Ma’lumotnomada yozilishicha, Rossiyaning bo‘lajak prezidenti 1975 yildan buyon KGB (davlat xavfsizlik qo‘mitasi) boshqarmasi komsomol tashkilotida ro‘yxatga olingan.

“Davlat xavfsizligi organlarida faoliyati davomida Putin V.V. o‘zini tirishqoq, intizomli, vijdonli xodim sifatida ko‘rsatdi. <...> Ruhan bardoshli. Ishdagi o‘rtoqlarining obro‘-e’tiborini qozongan”, - deya qayd etiladi tavsifnomada.

​Shuningdek, hujjatda Putin dzyudo va sambo bo‘yicha SSSR sport ustasi bo‘lganini tilga olgan.

Vladimir Putin KGBda 1975 yil Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagandan so‘ng faoliyat yuritishni boshlagan. 1985-1990 yillarda Germaniya federativ respublikasida tashqi razvedka bo‘yicha ishlagan. 1991 yil Putin davlat xavfsizlik organidan ishdan bo‘shagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!