Fojia! 17 kishi tiriklay yonib ketdi, haydovchi ham o‘ldi

Fojia! 17 kishi tiriklay yonib ketdi, haydovchi ham o‘ldi

Janubiy Afrika shimolida avtobus va suv tashuvchi mashinaning to‘qnashuvi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 12 yanvar, chorshanba kuni mahalliy hukumatga tayanib, Janubiy Afrikaning SABC radiostansiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH 11 yanvar kuni kechqurun mashinalar yuqori tezlikda harakatlanuvchi trassada sodir bo‘lgan.

«To‘qnashuv natijasida avtobus va uning salonidagi 17 yo‘lovchi yonib ketdi. Suv tashuvchi mashina haydovchisi ham halok bo‘ldi», — dedi Limpopo provinsiyasi yo‘l harakati xavfsizligi vakili Mayk Maring.

Maringning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz kishi tirik qolgan, ulardan olti nafari og‘ir yaralangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!