Finlyandiyada haydovchi tezlikni oshirgani uchun 129000 dollar jarima to‘ladi

Finlyandiyalik tadbirkor Anders Viklef tezlikni oshirganlik uchun dunyodagi eng yirik jarimalardan biri — 121 ming yevro (taxminan 129 ming dollar) jarimaga tortildi.
"Men bundan juda afsusdaman", dedi 76 yoshli jinoyatchi, yiliga 350 million yevro daromadga ega xolding rahbari va asoschisi.
Viklefning so‘zlariga ko‘ra, u yo‘l belgisiga ko‘ra 50 km/soat tezlikda harakatlanishi kerak bo‘lgan joydan 82 km/soat tezlik bilan o‘tib ketgan. “Men sekinlasha boshladim, lekin yetarlicha emas”, — deya qo‘shimcha qildi tadbirkor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)