Ferrari avtokonserining IT-tizimi xakerlar hujumiga uchradi

Ferrari avtokonserining IT-tizimi xakerlar hujumiga uchradi

Italiyaning Ferrari avtomobil konsernining axborot tizimlari buzilgan, hujumchilar to‘lov talab qilgan. La Repubblica gazetasining dushanba kuni xabar berishicha, sabotaj kompaniya ishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

Konsern hech qanday to‘lovni qabul qilmasligini aytdi, "chunki bunday talablarga rozi bo‘lish jinoiy faoliyatni moliyalashtiradi va tahdid qiluvchi shaxslarga hujumlarini davom ettirishga imkon beradi".

"Biz zudlik bilan dunyoning yetakchi kiberxavfsizlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tergov boshladik. Biz vakolatli organlarni xabardor qildik va ular tergov qilish uchun qo‘llaridan kelganini qilishlariga ishonchimiz komil", - deyiladi Ferrari bayonotida.

Konsern rahbariyati mijozlarni "ma’lumotlar yo‘qolishi mumkin bo‘lgan xavf va hodisaning tabiati” haqida xabardor qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!