Faxsh akani ukadan ayirdi (mi?)

Faxsh akani ukadan ayirdi (mi?)

Samarqandda mastlikda ayol sabab akasini bolta bilan urib o‘ldirgan ukaga sud hukmi o‘qildi.
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida mast fuqaro o‘z akasi va tanish ayolga bolta bilan tashlanib, turli darajadagi tan jarohatlari yetkazgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro spirtli ichimlikka ruju qo‘ygani uchun tumandagi narkologiya dispanserda davolangan. U yerda bir ayol bilan tanishgan. Fuqaro shifoxonadan chiqqach, ular uchrashib yurgan va keyinchalik u ayolni Samarqand shahridagi akasining uyiga olib borib, birga yashashni boshlagan.

Hodisa sodir bo‘lgan kuni aka-uka va ayol yarim tungacha birgalikda spirtli ichimlik ichgan. Uka sarxush holda tashqariga chiqib ketib 15-20 daqiqadan so‘ng qaytib kelgan. Shunda u akasi hamda ayolni ishqiy munosabat ustida ko‘rib qolgan. Jahl ustida avval ayolga, so‘ng akasiga tashlangan. Janjal davomida xonadagi bolta bilan ularni bir necha marta urib, tan jarohati yetkazgan.
Jabrlanganlar shifoxonaga olib borilishiga qaramay, aka oradan ikki kun o‘tgach, vafot etgan.

Sud hukmi bilan uka Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a, d” bandlarida (ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!