“Fastfud” tarkibidagi yog‘larni hazm qilish uchun kamida 2 yil kerak

“Fastfud” tarkibidagi yog‘larni hazm qilish uchun kamida 2 yil kerak

Insoniyat hayotiga tahdid solayotgan 5 ta asosiy xavfning birinchisi semizlikdir. “Fastfud” esa bosh sababchi.

▪️Chunki unda to‘yingan va transyog‘lar miqdori haddan ziyod ko‘p. Bu esa semizlikni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biri.

▪️Bundan tashqari, tezpishar mahsulotlar tayyorlashda tuz ko‘p ishlatiladi. Masalan, bitta lavash yoki gamburger tarkibida 2-3 gramm tuz bor.

Vaholanki, jismoniy sog‘lom inson uchun kuniga o‘rtacha 5 gramm tuz iste’moli me’yoriy ko‘rsatkich.

Bir taomlanishda yarim kunlik me’yorni iste’mol qilish esa organizm uchun ziyon. Bu yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

©️Oliy toifali shifokor Hilola Jamilova


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!