Farg‘onalik ayol ustaning "o‘lja"siga aylandi

Farg‘onalik ayol ustaning "o‘lja"siga aylandi

Dang‘ara tumani. 2020 yilning dekabr oyida A.B Toshkent ko‘chasida joylashgan telefon ta’mirlash ustaxonasida R.D. ismli ayolning ishonchiga kirib, narhi 1.500.000 so‘mlik “Samsung A-01” rusumli telefon apparatini ta’mirlab berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan uyali telefon apparatini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!