Farg‘onada voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy saboq bergan shaxs ushlandi

Farg‘onada voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy saboq bergan shaxs ushlandi

Joriy yilning 2 aprel kuni Farg‘ona viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Farg‘ona shahar IIOFMB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy diniy saboq berish holati fosh etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida joylashgan o‘quv markazlaridan birida arab tilidan dars beruvchi T.M. ismli fuqaro (ayol) jami 19 nafar o‘quvchilarga (8 nafari voyaga yetmagan) diniy ta’lim berayotganligi aniqlanib, 8 dona maxsus galogrammalarga ega bo‘lmagan o‘quv qo‘llanmalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar bo‘yicha IIOFMB tomonidan fuqaro T.M. ga nisbatan to‘plangan hujjatlar tegishli tartibda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga taqdim etilgan bo‘lib, sud tomonidan T.M.ga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!