Farg‘onada Saptiva'si bor erkak davlatga 6.750.000 so‘m jarimani to‘lamay yurgani ma’lum bo‘ldi

Farg‘onada Saptiva'si bor erkak davlatga 6.750.000 so‘m jarimani to‘lamay yurgani ma’lum bo‘ldi

Farg‘onada Saptiva'si bor erkak davlatga 6.750.000 so‘m jarimani to‘lamay yurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda MIB xabar berdi.

Byuroning Farg‘ona tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudining 18.04.2022 yildagi qarzdor T.S.dan undiruvchi davlat foydasiga 6.750.000 so‘m jarima undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor T.S. davlat ijrochisi tomonidan bir necha marta ogoxlantirilishiga qaramasdan, jarimasini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

04.07.2022 yil kuni davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning Saptiva rusumli avtomashinasini boshqarib yurganligi aniqlanib, ushlangan va xatlanib jarima maydonchasiga olib kirilgan.

Qarzdor ushbu kuniyoq mamuriy jarimadan bo‘lgan 6.750.000 so‘m pullarni to‘ladi va qarzdorlik bartaraf etilgani bois uning avtomashinasi qaytarib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!