Farg‘onada opa-singil "tillachilar" boshqa bir "tillachi" ayolni samosud qildi (VIDEO)

Farg‘onada opa-singil "tillachilar" boshqa bir "tillachi" ayolni samosud qildi (VIDEO)

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Uch ayol bir ayolni "samosud" qildimi?” sarlavhali videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha joriy yilning 22 iyun kuni Farg‘ona shahar Bozor yo‘li ko‘chasida tilla savdosi bilan shug‘ullanuvchi Q.S (ayol) o‘zaro savdo munosabatlari yuzasidan shu yerda tilla buyumlar sotuvchisi (tanishi) A.G (ayol) bilan janjallashib ketishgan. Janjalga shu yerda bo‘lgan A.G.ning ikki nafar singillari A.R va G.A ham aralashib, bir-birlariga yengil tan jarohati yetkazishgan.



Sudga oid tibbiy ekspertizaning 06.07.2022 yil kungi xulosasida A.G, Q.S hamda A.R.lar yengil tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!