Farg‘onada mojaro: talonchilar uzoqqa bora olmadi

Farg‘onada mojaro: talonchilar uzoqqa bora olmadi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 2019 yil 17 may kuni Uchko‘prik tumanida yashovchi21 yoshli F.M. IIBga murojaat qilib, shu yil 16 may kuni Qo‘qon savdo kompleksi ga Samsung mobil telefonini sotish uchun kelganida 2 nafar noma’lum shaxslar mobil telefonini 320 000 so‘mga sotib olishlarini, pulni avtomashinadan olib berishni aytib, Chortoq ko‘chasiga yetib kelganlarida noma’lum shaxslardan biri yuziga qo‘li bilan urib mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘qon shahar Obirovon ko‘chasida yashovchi 19 yoshli S.Q. va M.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!