Farg‘onada «Matiz» mashinasida yonib ketgan ayol fojiasining asosiy sababi nima edi?

A A A
Farg‘onada «Matiz» mashinasida yonib ketgan ayol fojiasining asosiy sababi nima edi?

2023 yilning 24 yanvar kuni soat taxminan 19-larda Farg‘ona shahrida 29 yoshli Muhammadali Usmonov «Matiz» rusumli avtomashinasida homilador turmush o‘rtog‘i (shar’iy nikoh asosida), 36 yoshli Mahliyo Haydarovani shifoxonadan yashash xonadoniga olib ketayotgan vaqtida rashk tufayli o‘rtada janjal kelib chiqadi.

Ushbu voqealar chizgisi Farg‘onada o‘tgan hafta sodir bo‘lgan, aytish mumkinki, o‘ta mash’um hodisani qayta yodingizga solgandir. Darhaqiqat, M. Usmonov turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib olish maqsadida avtomashinani «Neftchi» stadioni ro‘parasida to‘xtatgani, kutilmaganda avtomashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan ayol o‘zi bilan uyidan olib chiqqan plastmassa idishdagi benzin yoqilg‘isini dastlab turmush o‘rtog‘i, keyinchalik o‘zi va avtomashina saloni ichiga sepgani, qo‘rqib ketgan erkak avtomashinadan tushib, tashqariga qochgan vaqtda ayol yondirgich bilan o‘zini va avtomashinani yoqib yuborgani chindan ham dahshatli. Yanada achinarlisi, chaqiruvga asosan hodisa joyiga yetib kelgan Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan yong‘in tezkorlik bilan o‘chirilib, shoshilinch tibbiy yordam xodimlari tomonidan avtomashina salonida bo‘lgan marhumaning yong‘in natijasida tug‘ilgan chaqalog‘i shifoxonada ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramay, vafot etgani har qanday inson qalbini larzaga keltiradi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi «b» bandi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xo‘sh, Internet tarmoqlari va OAV vositalari orqali turlicha talqin etilayotgan mazkur fojianing asl sababi nimada edi? Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova holatni o‘rganish maqsadida marhuma tug‘ilib o‘sgan Marg‘ilon shahri «Ahmad Yassaviy» MFY Yoshlarobod ko‘chasidagi xonadonda bo‘ldi.

Oilaning turmush tarzi bilan tanishib, tezkor ravishda ularga ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari holat bo‘yicha mutasaddi mansabdor shaxslar va jamoatchilik vakillari o‘rtasida muhokama tashkil etish chora-tadbiri rejalashtirildi.

O‘z navbatida shu kunning o‘zida Muhammadali Usmonov istiqomat qilayotgan Farg‘ona shahridagi «Huvaydo» MFYda joylashgan yashash xonadonida ham bo‘ldilar.

Ma’lum bo‘lishicha, Muhammadali 2022 yilning 28 avgust kuni Rossiyadan kelib, 19 noyabr kuni fuqaro M. Homidova bilan Farg‘ona shahar 2-sonli FHDYo orqali qonuniy nikohdan o‘tishgan.

Suhbat jarayonida aniqlanishicha, Muhammadali Rossiyada ishlab yurgan vaqtida Mahliyo ismli ayol bilan tanishib, o‘zidan 8 yosh katta va 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lishiga qaramay, shar’iy nikoh orqali yashab yurishgan. Bu haqida Muhammadali Usmonov oila a’zolarining umuman xabari bo‘lmagan. Ammo Muhammadali va Mahliyo o‘rtasiga sovuqchilik tushib, Rossiyadayoq ularning munosabati buzilgan.

2022 yil 19 noyabr kuni Muhammadali oila qurganidan xabar topgan Mahliyo unga homilador ekanligi bois yana birga yashash taklifini bildirgan.

Muhammadali Usmonov yangi oila qurganligini aytib, rozi bo‘lmagan. Shundan so‘ng 202Z yil 12 yanvar kuni noma’lum shaxs tomonidan Muhammadali Usmonov yashash uyining ko‘cha tomonidagi tabiiy gaz muhrlari o‘chirilib, shaxsiy avtomashinasining ballonlari teshib ketilgan. Yashirin kamera orqali bu ishni Mahliyo sodir etgani aniqlangan.

2023 yil 24 yanvar kuni Mahliyo Muhammadaliga telefon orqali bog‘lanib, ahvoli yomonlashganligi, tezda kelib Farg‘ona shahar tug‘uruq bo‘limiga olib borishini aytgach, uni ijarada turgan manzilidan kasalxonaga olib kelayotganida yuqoridagi fojea yuz bergan.

Shu yilning 11 yanvar kuni Farg‘ona shahar «Madaniyat» mahalla fuqarolar yig‘ini ishchi guruhi a’zolari xonadonma-xonadon kirib ayollar muammolarini o‘rganishi davomida Qo‘qon ko‘chasining 60-uy, 18- xonadonda ijarada turgan Mahliyo Haydarova bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazishgan. M. Haydarova muloqot asnosida 2022 yilning noyabr oyidan buyon 2013 yilda tug‘ilgan Malikaxon ismli qizi va turmush o‘rtog‘i bilan birga mazkur uyda ijarada yashayotganligini ta’kidlagan.

Suhbat chog‘ida ayol Marg‘ilon shahridagi doimiy yashash hududida tabiiy gaz va elektr energiyasi yo‘qligi sababli qish mavsumini o‘tkazib, yaqin kunlarda ikkinchi farzandini dunyoga keltirishi va chillasi chiqishi bilan doimiy yashash xonadoniga ketishini aytgan.

— Ba’zan loqaydligimiz, muammoning asl ildiziga yetib borishga kech qolishimiz tufayli shu kabi ayanchli fojia kelib chiqayotgani achinarlidir, — deydi Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlonova. — Bunday holatlar ikki oilaning emas, butun boshli jamiyatning muammosi sifatida qaralishi zarur. Afsus, onaga qo‘shilib chaqaloq ham nobud bo‘ldi. Xotin-qizlar, mahalla faollari, ota-onalar ishtirokida ushbu fojiani atroflicha o‘rganib, kelgusida bu kabi ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lmasligi uchun ayollar muammolari bilan ishlashda yangicha yondashuvlarga o‘tish zarurligini yana bir karra his qildik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

"Hech qanday bayram bo‘lmaydi". Gvardiola kechagi g‘alabadan so‘ng

Хосеп Гвардиола "Челси" устидан Англия Кубоги финалида (1:0) қозонилган ғалабадан кейин фикр билдирди.

Ukraina Rossiyaga mingdan ortiq dron bilan hujum qildi

Москва вилояти губернатори Алексей Воробёв пойтахт яқин атрофидаги ҳудудларида уч киши ҳалок бўлгани ва 4 киши жароҳатланганини билдирди.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.