Farg‘onada «MAN» haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Farg‘onada «MAN» haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Joriy yilning 21 fevral kuni soat 06:40larda fuqaro S.A. Yozyovon tumani Yangibo‘ston mahallasi hududida “MAN Trailer” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib uxlab qolgan. 

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashinani chap tomonga burib yuborishi tufayli o‘zi bilan bir yo‘nalishda orqa tomonida harakatlanib kelayotgan, U.I. boshqaruvidagi “Nexia-2” avtomashinasining yo‘liga ko‘ndalang turib qolib  to‘qnashib ketgan. Oqibatda “Nexia-2” avtomashinasidagi yo‘lovchilar - Q.M. va voyaga yetmagan K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Bundan tashqari, “Nexia-2” avtomashinasi yo‘lovchisi T.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘onada «MAN» haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Farg‘onada «MAN» haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!