Farg‘onada kollej o‘quvchisi maktab o‘quvchisini pichoqladi

Farg‘onada kollej o‘quvchisi maktab o‘quvchisini pichoqladi

2019 yil 28 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri A.Navoiy mavzesida yashovchi, Qo‘qon Avtotransport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi U.D. shu mavzeda o‘zaro janjal sabab, tanishi 2-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi R.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, R.I. kasalxonaga yotqizilib, U.D. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan U.D.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!