Farg‘onada ikki deputatning vakolati muddatidan avval tugatildi

Farg‘onada ikki deputatning vakolati muddatidan avval tugatildi

Shu yilning 15 mart kuni Farg‘ona viloyat hokimligi kichik majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona haqiqati gazetasiga asoslanib Uz24 yozmoqda.

Sessiyani viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev olib bordi.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan deputatlar tomonidan Farg‘ona politexnika instituti rektori Oybek Otaqulov va viloyat Sirdaryo So‘x irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi sobiq boshlig‘i A’zamjon Rahmatullayevlarning deputatlik vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!