Farg‘onada fojia: 54 yoshli erkak halok bo‘ldi

Farg‘onada fojia: 54 yoshli erkak halok bo‘ldi

Joriy yilning 18 may kuni soat 14:40 larda, Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani, Qo‘riq mahallasi hududidan o‘tgan A-373B “Qo‘qon shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 21 km.da haydovchi 1992 y.t. S.M. (erkak) “Kaptiva” rusumli transport vositasini boshqarayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib, e’tiborsizlik qilib chap tomonga to‘satdan qayrilgan velosipedchi, 1966 y.t. I.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, velosipedchi 54 yoshli I.T. (erkak) og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!