Farg‘onada erkak qonunni buzdi: unga hukm o‘qildi

Farg‘onada erkak qonunni buzdi: unga hukm o‘qildi

 Ko‘p qavatli etajlarda yashovchi shaxsning  ruxsatsiz “O‘zboshimchalik” bilan eshik ochib, devor qilganligi uchun “ishi”sudda  ko‘rildi.

 

 

Huquqbuzar Ashurov Voxidjon Ortikovich Quva tuman, G‘alaba mahalla fuqarolar yig‘ini hududida uy-joy inspeksiyasi tomonidan tekshirish o‘tkazilganda, tegishli ruxsatnomasiz, G‘alaba ko‘chasi, 62-uy, orqa tomoniga eshik ochib,  devor qurib, huquqbuzarlik sodir etganligi aniqlangan. Huquqbuzar V.Ashurov sud muhokamasida, huquqbuzarlik harakatiga to‘liq iqror va pushaymon bo‘lib, 2019 yil 30 oktyabr kuni ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda, yashash uyi orqa tomoniga tegishli ruxsatnomasiz eshik ochib, devor bilan o‘rab olgani aniqlangani haqida ko‘rsatuv berib, hozirda harakatlari noqonuniy ekanini tushunib yetganini, kelgusida bunday harakatlar sodir etmasligini bildirib, noqonuniy qilgan qurilishlarini o‘z ihtiyori bilan bartaraf qilganligini aytib, suddan yengillik berishni so‘radi. Sudda uning huquqbuzarlik sodir etgani o‘z tasdig‘ini topadi. Sud, huquqbuzar V.Ashurovga nisbatan jazo tayinlashda, huquqbuzarlik harakatiga to‘liq iqror va pushaymonligini, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganini, oilaviy sharoitini inobatga olib, jazo sanksiyasida nazarda tutilgan jazodan ham kamroq jazo tayinladi.

Quva tuman ma’muriy

sudining raisi A.Jumayev

 

Farg‘ona viloyat ma’muriy

sudining sudyasi U.Axmedov

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!