Farg‘onada er o‘zaro kelishmovchilik sabab bolta bilan xotiniga jarohat yetkazdi

Farg‘onada er o‘zaro kelishmovchilik sabab bolta bilan xotiniga jarohat yetkazdi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida er o‘zaro kelishmovchilik sabab bolta bilan xotiniga jarohat yetkazdi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informasion dasturida ma’lum qilindi.

Voqea 2022 yil oxirlarida sodir bo‘lgan. Avval spirtli ichimlikka ruju qo‘yib, keyin undan voz kechishga qaror qilgan E.R. rafiqasi yana turli gaplarni aytganidan jahli chiqib, yerga yiqitib, boltaning orqa tarafi bilan ayolning peshonasiga urgan. G‘azablangan erkak xotinini yana urmoqchi bo‘lganida ayol o‘zini himoya qilgan va farzandlari yetib kelib, boltani tortib olgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida ayolga o‘rtacha og‘ir darajadagi tan jarohati yetkazilgani ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, jabrlanuvchiga davolanishi uchun qaynotasi 1,5 ming AQSh dollari bergan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudida ko‘rib chiqilgan mazkur ishda ayblanuvchi E.R. Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!