Farg‘onada 9 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi

Farg‘onada 9 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi

Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 27 aprel kuni soat 16:30 larda Tinchlikobod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Fuqaro M.F. Damas atomashinasini boshqarib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan qiz B.M.ni urib yuborgan.

Natijada, qizaloq tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!