Farg‘onada 2002 yilda tug‘ilgan o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib, kanalga tashlab yubordi

Farg‘onada 2002 yilda tug‘ilgan o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib, kanalga tashlab yubordi

Joriy yilning 7 iyun kuni soat 17:30 atrofida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani, Tong massividan oqib o‘tuvchi "X-4" nomli kanalning (Andijon kanali) GK-12 km.da joylashgan kichik suv dambasidan shaxsi noma’lum murda qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda UzNews.uz'ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Murdaning shaxsini aniqlash maqsadida Farg‘ona viloyat IIBning ekspert-kriminalist mutaxassislari ishtirokida uning barmoq izlari tekshirilganda, murda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi 1968 yilda tug‘ilgan I.SH. ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan Andijon viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tarbirlari davomida, ushbu jinoyat marhumning o‘g‘li 2002 yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan sodir etilganligi fosh etildi.

Aniqlanishicha, marhum I.SH. muntazam spirtli ichimliklar ichib, 1990 yilda tug‘ilgan to‘ng‘ich farzandi X.M.ga (ayol) nisbatan doimiy ravishda shahvoniy tajovuzlar qilib kelganligi, Rossiyada ishlab kelayotgan X.M. bu haqida birga ishlab kelgan ukasi A.X.ga aytganligi, otasining xatti-harakatlaridan g‘azablangan A.X. hech kimga xabar bermasdan, shu yilning 28 may kuni Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga qonuniy tartibda kirib, shu kuni tunda yashash xonadoniga kelib, yotoqxonada bo‘lgan otasi I.SH.ni qo‘llarini bog‘lab, pichoq bilan hujum qilib, bo‘yin sohasini kesib, qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, A.X. sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida otasining murdasini avtomashinaga yuklab, Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Yurtobod MFY hududidan oqib o‘tgan "Katta Andijon" magistral kanaliga tashlab kelgan va 2023 yil 29 may kuni soat 7:00 atrofida yashash xonadonidan chiqib ketib, Qozog‘iston orqali Rossiyaga qonuniy tartibda chiqib ketganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!